10 may 19:54
Yangiliklar

SHaxmat Afg'onistonda to'liq taqiqlandi
Ularning fikricha, shaxmat tasodif o'yini bo'lib, ularning talimotiga ziddir.
2022 yilda afg'on shaxmatchilari va federaciya vakillari rasmiylarning kuchli bosimidan shikoyat qilishgandi. Garchi jamoa hatto shaxmat Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo'lsa ham, Tolibon shaxmatni qo'llab-quvvatlashni deyarli to'xtatdi. Federaciyaning sobiq ijrochi direktori Abasin Mohibi shunday dedi:
"O'n bir oy davomida birorta ham rasmiy turnir, seminar yoki shaxmatga oid boshqa tadbirlar o'tkazilmadi. Federaciya rasmiylarining aksariyati mamlakatni tark etishdi. Ayrim viloyatlarda shaxmat taqiqlangan. Hozirda federaciyaning ayollar bo'limi yopilgan. Faol ayol shaxmatchilar ham yo'q".
Kecha afg'onistonlik shaxmatchilar o'zlarining sevimli o'yinlari bo'yicha qo'llab-quvvatlashni (jumladan, moliyaviy qo'llab-quvvatlashni) qayta tiklashni so'rab mahalliy sport organiga murojaat qilishgan, biroq bunga javoban ular faqat amirdan mamlakatda shaxmatni to'liq taqiqlash va federaciya faoliyatini tugatish to'g'risidagi farmoni olgan.
Fikrlar