17 avg 11:34
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Jahon kubogining uch nafar 1/2 finalchisi aniq
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo'yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.
Hozirga qadar musobaqaning yarim finalida dona suruvchi uch nafar grossmeyster nomi aniq bo'lib ulgurdi. Unga ko'ra, 1/2 finalning dastlabki juftligida norvegiyalik Magnus Karlsen mezbon Nijat Abasovga qarshi dona suradigan bo'ldi.
Ikkinchi juftlikda esa amerikalik Fabiano Karuana o'ynaydi. Uning raqibi hindistonliklar - Rameshbabu Pragnanandxa va Arjun Erigaisi o'rtasidagi o'yindan so'ng aniq bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar