18 jan 00:07
Yangiliklar
SHaxmat
SHaxmat. Nodirbek Abdusattorov raqibini mot qildi, Magnus Karlsen yutqazdi, Javohirda esa durang
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli musobaqa o'tkazilmoqda.
"Tata Steel Chess-2023" musobaqasida shaxmatchilarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar qilgandik.
"Masters" guruhida Nodirbek Abdusattorov eronlik Parham Magsudluga qarshi dona surdi va deyarli 6 soatlik o'yindan so'ng raqibini mot qilishga erishdi. G'alaba!
SHaxmat qiroli sifatida etirof etiladigan norvegiyalik Magnus Karlsen esa niderlandiyalik Anish Giriga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
"CHellenjer" guruhida esa Javohir Sindarov hindistonlik Adiban bilan durang qayd etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar