So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

04 noy 18:44
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Afruza va Nilufar jahon chempionati etakchilari qatorida

Teglar :  Afruza Hamdamova
Braziliyada davom etayotgan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi jahon chempionatining 6-turi ortda qoldi.

Hamyurtlarimiz Afruza Hamdamova 16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida etakchiga aylangan bo'lsa, 14 yoshgacha bo'lgan qizlar orasida terma jamoamiz azosi Nilufar Imomqo'zieva g'oliblikka asosiy davogarlardan biriga aylanib oldi.

6-tur bahslarida Afruza Hamdamova qora donalarda argentinalik Ernestina Adamni 38-yurish holatida taslim etdi. Ushbu g'alaba evaziga hamyurtimizning ochkolari soni 5,5 taga etdi va 65 nafar ishtirokchi orasida yakka peshqadamga aylandi.  

14 yoshgacha bo'lgan shaxmatchi qizlar orasida hamyurtimiz Nilufar Imomqo'zieva jahon chempionatiga bekorga kelmaganini namoyish etmoqda. Mahoratli shaxmatchi qizimiz ortda qolgan 6 ta turning 5 tasida g'alabaga erishgan bo'lsa, 1 tasida durang natija qayd etdi. 

6-turda polshalik Viktoriya Smetanskayani mag'lubiyatga uchratishi natijasida Nilufar 95 nafar ishtirokchi orasida g'oliblikka asosiy davogarlardan biriga aylanib oldi. Ortda qolgan 6-turda terma jamoamiz azosi Javohir Bozorov qora donalarda franciyalik Virjil Braylga imkoniyatni boy berib qo'ydi.  

Bugun jahon chempionatining navbatdagi 7-turida Afruza Hamdamova qozog'istonlik Elnaz Kaliaxmet bilan, Nilufar Imomqo'zieva gruziyalik Kesari Mgeladze bilan, Javohir Bozorov braziliyalik Kim Pol Mariani bilan kuch sinashadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing