So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

02 noy 14:55
Yangiliklar

SHaxmat

SHaxmatchilarimiz Braziliyada chempionlik uchun kurashmoqda

Teglar :  Afruza Hamdamova
Braziliyada davom etayotgan 18 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasidagi jahon chempionatining 3-tur bahslari ortda qoldi.

16 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Afro'za Hamdamova oq donalarda meksikalik Gvadelupe Mantano Visente bilan o'yin o'tkazdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvning 67-yurish holatida tomonlar murosa yo'lini tanlashga majbur bo'ldi. Ushbu natijadan keyin Hamdamova 2,5 ochko bilan kuchli beshlikdan joy olishga erishdi.

Ushbu turda terma jamoamiz azolaridan Javohir Bozorov 14 yoshgacha bo'lgan o'g'il bolalar musobaqasida oq donalarda Janubiy Afrika vakili Kaleb Deysel bilan bahs olib bordi va ishonchli tarzda g'alabaga erishdi.

14 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi bahsda kanadalik Anais Xloya Fisel bilan bellashgan Nilufar Imomqo'zieva qora donalarda harakatlanishiga qaramasdan muvaffaqiyatga erishdi.

Jahon chempionatining 4-turida Afro'za Hamdamova qora donalarda paragvaylik Mayergger Gonsales bilan, Javohir Bozorov germaniyalik Daniel Nunes Gregur bilan, Nilufar Imomqo'zieva armanistonlik Sona Krkyasharyan bilan kuch sinashadi.

CHempionatning 4-tur o'yinlari oldidan Javohir Bozorov o'z yosh toifasida 2 ochkoga ega bo'lib turibdi. Ushbu yosh toifasida  118 nafar yosh shaxmatchi qatnashayotgan bo'lsa, ularning 6 nafari 3, 11 nafari 2,5 va 42 nafari 2 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lgan.  

14 yoshgacha bo'lgan qizlar orasida esa terma jamoamiz azosi Nilufar Imomqo'zievaning kuchlilar qatoridan o'rin olish uchun ko'rsatkichlari bir muncha etiborli. U hozirda 2,5 ochkoga ega. Ushbu guruhda 7 nafari 3, 8 nafari 2,5 ochko bilan g'oliblik yo'lidagi kurashni davom ettirmoqda.

Eslatib o'tamiz, 11 turdan iborat jahon chempionati bahslari 10 noyabrga qadar davom etadi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing