25 dek 07:45
Yangiliklar
SHayx Axmad Al Faxad Al Sabah: “Qiyin kelgan 2020 yilda Olimpiya ruhi namoyon bo'ldi”
“Bu yil hammamizga juda mushkul keldi, jahondagi ko'pgina odamlar uchun esa fojiali bo'ldi, – dedi u. – Ammo men Olimpiya oilamiz bir-biriga yordam berish va Olimpiya ruhini saqlab turish uchun birlashgan ko'pgina holatlarning guvohi bo'ldim.
Bu hamma: alohida sportchilardan boshlab, Milliy olimpiya qo'mitalari va Osiyo Olimpiya kengashi kabi qita uyushmalaridan Olimpiya harakatining eng yuksak darajalari – Xalqaro Olimpiya qo'mitasi va Xalqaro federaciyalarda ham ro'y berdi.
Sportchilar va Milliy olimpiya qo'mitalari karantin sharoitlarida sport ishqibozlari va keng jamoatchilik bilan o'z mashqlarini baham ko'rib, hamjamiyatimiz uchun Olimpiya tadbirlari va onlayn musobaqalarini tashkil etishdi va ularni ruhlantirishdi. Bu, ayniqsa, Olimpiya kunini bayram qilishda yorqin namoyon bo'ldi.
Fikrlar