28 noy 09:27
Yangiliklar
Tennis

SHofayziev Indoneziyadagi turnirning asosiy to'riga chiqdi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi SHonig'mat SHofayziev Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy to'rga yo'llanma oldi.
SHofayziev saralash bosqichida ettinchi raqam ostida tasniflangan bo'lib, avvaliga indoneziyalik Xansel Sanjayani 6:3, 6:2, keyin esa 10-raketka singapurlik SHahid Alamni 6:3, 6:2 hisobida engib, asosiy to'rga chiqdi.
Tennischimizning asosiy to'r birinchi davradagi raqibi turnirning sakkizinchi raketkasi avstraliyalik Endryu Xarris bo'ladi. SHofayziev juftliklar musobaqasida ham o'z imkoniyatini sinab ko'radi. U belaruslik Mixail Xalyak bilan tandem hosil qilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar