16 avg 08:10
Yangiliklar
Tennis

SHofayziev Minskdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ikkinchi davra ishtirokchilari malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'riga saralash bahslari orqali etib kelgan hamyurtimiz SHonig'mat SHofayziev ikkinchi davraga yo'llanma oldi.
U asosiy to'rning ilk
bosqichida franciyalik Leni Mityanani 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Endi SHonig'mat
ikkinchi davrada turnirning ikkinchi raketkasi belaruslik Dmitriy Jirmontga qarshi
kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar