28 noy 11:05
Yangiliklar
Tennis

SHofayziev reytingda o'zidan 1053 pog'ona yuqoridagi tennischiga qarshi kortga chiqdi
O'zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi SHonig'mat SHofayziev Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o'tkazilayotgan turnirning yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 25 000 dollarni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi.
Afsuski, tennischimiz asosiy to'rning birinchi davrasidagi
turnirning sakkizinchi raketkasi avstraliyalik Endryu Xarrisga yutqazib qo'ydi. Roppa-rosa
2 soat davom etgan bahsda SHofayziev reytingda o'zidan 1053 pog'ona yuqorida turgan
kuchli raqibiga 6:4, 5:7, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar