04 avg 11:15
Yangiliklar

SHofayziev va Saidkarimov Qozondagi ishtiroklarini yakunlashdi
Ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat. Har ikki tennischimiz juftlik bahslarida yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi.
Afsuski, ularning har ikkalalari ham final chiptasini qo'lga kirita olishmadi. Rossiyalik Maksim Ratnyuk bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan SHofayziev yarim finalda qozog'istonlik Denis Evseev va qirg'izistonlik Daniyar Duldaevga 6:7(4), 6:2, tay-brekda 4:10 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qozog'istonlik Grigoriy Lomakin bilan tandem hosil qilgan Saidalo esa yarim finalda turnirning ikkinchi raqamli juftligi, rossiyalik tennischilar Markos Kalovelonis hamda Aleksandr Pavlyuchenkov hamorkligiga 2:6, 5:7 hisobida yutqazdi.
Fikrlar