03 avg 11:20
Yangiliklar
Tennis

SHofayziev va Saidkarimov Qozondagi turnir yarim finalida
Istedodli tennischilarimiz Saidalo Saidkarimov va SHonig'mat SHofayziev Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishyapti.
Ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat. Har ikki tennischimiz juftlik bahslarida yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Rossiyalik Maksim Ratnyuk bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan SHofayziev chorak finalda rossiyalik tennischilar - Vladimir Korolev va Aleksandr Lobkovning kortga chiqmasligi natijasida kurashchiz yarim final chiptasini qo'lga kiritishdi.
Qozog'istonlik Grigoriy Lomakin bilan tandem hosil qilgan Saidalo esa chorak finalda turnirning uchinchi raqamli juftligi, rossiyalik tennischilar Aleksandr Igoshin va Yan Sabanindan 1:6, 7:6(5), tay-brekda 10:8 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar