14 avg 08:30
Yangiliklar
Futbol
SHomurodov A Seriyada nechta o'yin o'tkazgan?
Italiya chempionatida 2022/23 yilgi mavsum start oladi.
Eldor SHomurodov rasman “Roma”ning musobaqa uchun elon qilgan qaydnomasidan o'rin egalladi. 27 yoshli o'zbekistonlik A Seriyada hisob bo'yicha 3-mavsumini o'tkazadi. U umumiy 59 bahsda qatnashib, 11 ta gol urgan va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirgan. Eldor 38 o'yinda zaxiradan maydonga tushgan.
Rimliklar bugun mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini safarda “Salernitana”ga qarshi o'tkazadi. SHomurodov mazkur bahsda maydonga tushsa, uning uchun bu chempionatdagi 60-uchrashuv bo'ladi
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar