So’nggi yangiliklar

13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0

04 may 12:50
Yangiliklar

Futbol

"SHo'rtan" 10 kun ichida 13 000 dollar to'lamasa 1-ligaga tushib ketadi!

G'uzorning "SHo'rtan" klubi sobiq legioner futbolchisi Urosh Miloslavlevich FIFAga murojaat qilgani haqida xabar bergandik.

Kuni kecha FIFA 11 mayga qadar klub ushbu futbolchi oldidagi qarzlarini to'liq to'lab bermasa 2018 yil birinchi ligaga tushirib yuborlishi borasida PFLga xat yuborgan. O'tgan yil sentyabr oyida ushbu qarzdorlik tufayli PFL "SHo'rtan" klubidan 3 ochko olib tashlagandi. 

SHundan so'ng, klub bosh direktori SHodi Nomozov legionerga barcha qarzlar to'langani haqida intervyu bergandi. Biroq, oradan malum vaqt o'tgach, bu masala yana kun tartibidan o'rin oldi. 


Bu safargi jazo oldingisidan jiddiyroq bo'ladi. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri "SHo'rtan" bosh murabbiyi Ixtiyor Karimovga murojaat qildi: 

- FIFAning chiqargan qarori bizni karaxt ahvolga solib qo'ydi. Ular bizdan 10 kun ichida qarzdorlikni to'lashimizni talab qilishmoqda. Qanday qilib bo'lmasin qarzlarni to'lab jamoani oliy ligaga olib qolmoqchimiz. FIFA 2013 yil futbolchi oldidagi qarzdorligini to'lab berish haqida qaror chiqargan. Klub esa o'tgan yil pullarni to'ladi. Yillar davomida qarz vaqtida to'lanmagani uchun ustama pullar foiz hisobida "tug'ilavergan". 2016 yil Miloslavlevichga 46000 dollar qarz to'lab berilgan. Foiz tufayli yana 13000 dollar qarz paydo bo'lgan. Futbolchining agenti bu pullarni to'lab berishimizni talab qilmoqda",  - deydi Ixtiyor Karimov. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing