10 apr 14:41
Yangiliklar
Boshqalar

SHOSHILING! "MINSPORT ONLAYN KUBOGI"da qatnashish uchun hozirgacha 2 000dan ortiq kishi ro'yxatdan o'tib bo'lishdi
Kuni kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Esports Uzbekistan federaciyasi bilan hamkorlikda ilk bor yurtimizda kibersport – kompyuter sporti bo'yicha “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasi tashkil etilayotganini elon qilgandi.
Musobaqa karantin davrida xalqimizning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilmoqda.
Garchi musobaqa boshlanishiga hali bir necha kun bo'lsa-da, ayni vaqtgacha unda ishtirok etish uchun 2 028 nafar havaskor kibersportchi ro'yxatdan o'tishdi.
“MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasida qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish mumkin: https://forms.gle/QBu95rkbetC7Xyex9
Eslatib o'tamiz, musobaqa uchta yo'nalishda tashkil etiladi:
1. “FIFA20”;
2. “Clash Royale”;
3. “Victory The Age of Racing”
Siz ham “MINSPORT ONLAYN KUBOGI” musobaqasida qatnashing va g'olib bo'ling!
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar