19 iyu 08:23
Yangiliklar
Tennis

SHtutgart (ATP): Puy – Mercedes Cup-2017 g'olibi!
Germaniyaning SHtutgart shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mercedes Cup-2017 turniri yakunlandi.
ATP 250 toifasiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 675 000 evroni tashkil etdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida franciyalik Lyuka Puy ispaniyalik Felisiano Lopesga qarshi kortga chiqdi.
Turnirning to'rtinchi raketkasi bo'lgan Puy 4:6, 7:6, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, bosh mukofotni boshi uzra baland ko'tardi. Ushbu muvaffaqiyat franciyalik tennischiga 112 460 evro hamda Mercedes-Benz avtomobilini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar