22 dek 13:20
Yangiliklar
SHumaxer 2023 yilgi CHempionlar poygasida ishtirok etadi
Mik jamoaviy bahslarda Sebastyan Fettelning jamoadoshiga aylanadi va ular birgalikda Germaniya sharafini himoya qiladilar. Mik uchun bu ananaviy CHempionlar poygasidagi uchinchi ishtirok bo'ladi. U 2019 va 2022 yillarda ham musoqada qatnashgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Formula-2" chempioni Felipe Drugovich, "Formula-1"ning sobiq piloti Devid Kultxard, WRC'ning besh karra vice-chempioni Terri Nyovil, "Le-Mann 24 soatlik poyga"sining to'qqiz karra g'olibi Tom Kristensen va "IndyCar" haydovchisi Feliks Rozenkvistlarning poygada qatnashishi malum bo'lgan edi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar ro'yxatidan to'rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel, "Formula-1" bo'yicha ikki karra chempion Mika Xakkinen, "Alfa Romeo" piloti Valtteri Bottas, ralli haydovchilari Petter va Oliver Solberg, Yoxan Kristoffersson, shuningdek, "W Series "ning ikki karra chempioni Jeymi CHedvik ham bor.
Orziqib kutilayotgan poyga 28-29 yanvar kunlari SHveciyada bo'lib o'tadi.
Fikrlar