05 avg 15:35
Yangiliklar
Tennis

SHunaqasi ham bo'ladi, 18 ta eys zarbasi Lisickiga yordam bermadi
AQSH poytaxti Vashington shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA tasnifidagi turnirda yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi.
CHorak final uchrashuvlarining birida germaniyalik Sabin Lisicki franciyalik Osean Dodinga qarshi kortga chiqdi. Qizig'i, 18 ta eys zarba ham Lisickiga g'alaba qozonish uchun yordam bera olmadi.
Ikki soatu 20 daqiqa davom etgan bahsda Dodin 5:7, 6:4, 7:6(4) hisobida zafar quchdi. Sabin dunyo reytingida 190, Dodin esa 55-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar