20 sen 15:06
Yangiliklar
Tennis

Shymkent International. Xabibulina chorak finalga chiqdi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Shymkent International turnirining asosiy to'r bahslarida etti tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Ulardan faqat ikki nafari ikkinchi davraga etib keldi.
Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Albina Xabibulina ikkinchi bosqich bahsida qirg'izistonlik Bermet Duvanaevaga qarshi kortga chiqib, 6:0, 6:1 hisobida zafar quchdi va chorak finalga yo'l oldi. Yana bir vakilamiz Laylo Bahodirova esa rossiyalik Nonna Kurginyan bilan bahs olib boryapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar