12 apr 09:37
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Abduraimova chorak finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova muvaffaqiyatli tarzda odimlayapti.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz avvaliga qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinani mag'lub etdi. Keyin esa ikkinchi bosqichda rossiyalik Margarita Lazarevadan 6:3, 6:1 hisobida ustun keldi. Bugun u yarim final chiptasi uchun belaruslik Anna Kubarevaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar