13 apr 16:14
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/36884_220.jpg)
Shymkent Open. Abduraimova yarim final uchrashuvini o'tkazdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etayotgandi.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz avvaliga qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinani mag'lub etdi. Ikkinchi bosqichda rossiyalik Margarita Lazarevadan 6:3, 6:1 hisobida ustun keldi. CHorak finalda belaruslik Anna Kubarevani engdi.
Final chiptasi uchun esa rossiyalik Varvara Flinkka qarshi kortga chiqdi. Ushbu bahsda biroz kutilmaganda Abduraimova raqibasiga osonlik bilan 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar