12 apr 11:18
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/36823_220.jpg)
Shymkent Open. Abduraimova yarim finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi bahslarida hamyurtimiz Nigina Abduraimova muvaffaqiyatli tarzda odimlayapti.
Turnirning birinchi raketkasi bo'lgan hamyurtimiz avvaliga qozog'istonlik Aleksandra Grinchishinani mag'lub etgandi. Keyin esa ikkinchi bosqichda rossiyalik Margarita Lazarevadan 6:3, 6:1 hisobida ustun keldi. Bugun u yarim final chiptasi uchun belaruslik Anna Kubarevaga qarshi kortga chiqdi va raqibasini 6:4, 6:3 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar