12 apr 08:05
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Arina Folc g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasining ikkinchi davrasiga 2 tennischimiz yo'llanma oldi. Arina Folc ukrainalik Marina CHernishovani 2:6, 7:5, 6:4 hisobida engdi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Albina Xabibulina esa qozog'istonlik Ekaterina Dmitrichenkoni 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi. Folc ikkinchi bosqichda rossiyalik Karina Sarkisovaga, Xabibulina esa yana bir rus tennischisi Kseniya SHarifovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar