15 apr 08:55
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Fayziev bugun finalga chiqishga urinib ko'radi
Qozog'istonning CHimkent shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Turnirning to'rtinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun yarim final uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi turnirning 5-raketkasi ispaniyalik Mariya Vilella-Martines bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Fayziev dunyo reytingida 374, Mariya Martines esa 390-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar