12 apr 09:16
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Fayziev va Coy ishtiroklarini to'xtatishdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha ITF toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida ikki hamyurtimiz Sanjar Fayziev va Pavel Coy aham ishtirok etdi.
Afsuski, ularning har ikkisi ham mag'lubiyatga uchradi. Turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fayziev ikkinchi davrada koreyalik Min-Kyu Songa 3:6, 5:7, Coy esa ilk bosqichda rossiyalik Matvey Xomentovskiyga 0:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar