20 sen 14:46
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Jo'rabek Karimov chorak finalda
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi Shymkent International turnirining asosiy to'riga saralash bahslari orqali etib kelgan hamyurtimiz Jo'rabek Karimov hozirgina ikkinchi davra uchrashuvini g'alaba bilan yakunlab, chorak finalga yo'l oldi.
Istedodli tennischimiz ikkinchi bosqichda rossiyalik
Vladimir Polyakovga qarshi kortga chiqib, raqibini 6:0, 7:6(2) hisobida taslim
etdi. Uning yarim final ostonasidagi raqibi turnirning 4-raketkasi ispaniyalik
Enrike Lopes-Peres bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar