28 sen 06:50
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. So'nggi vakilimiz ham mag'lubiyatga uchradi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Imtiyozli yo'llanma asosida asosiy to'rga qo'yilgan Saidalo Saidkarimov ilk davrada ukrainalik Oliksiy Kolisnikni 1:6, 6:2, 6:0 hisobida mag'lub etgan edi. Lekin u chorak final ostonasida turnirning ettinchi raketkasi belgiyalik Kimmer Koppeyansga umuman qarshilik ko'rsatmadi - 0:6, 0:6.
Eslatib o'tamiz, hamyurtlarimizdan
Pavel Coy, Humoyun Sultonov, Sergey Fomin va Jo'rabek Karimov ilk davradayoq raqiblariga
yutqazib, musobaqaning yakkalik bahslaridagi ishtiroklarini yakunlashgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar