11 apr 17:15
Yangiliklar
Tennis

Shymkent Open. Xabibulina g'alaba bilan boshladi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasining asosiy to'rida 3 nafar tennischimiz ishtirok etayotgandi. Ulardan biri Kamola Umarova ilk davradayoq mag'lubiyatga uchradi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan Albina Xabibulina esa g'alabali odimni davom ettirdi. Bundan bir necha daqiqa avval vakilamiz qozog'istonlik Ekaterina Dmitrichenkoni 6:3, 6:2 hisobida taslim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar