18 apr 08:17
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/37117_220.jpg)
Shymkent Open. Yasmina va Albina g'alaba bilan boshlashdi
Qozog'istonning SHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi musobaqaning asosiy to'rida ikki nafar hamyurtimiz ham o'z mahoratini namoyish etyapti. Ularning har ikkisi ham ilk davra uchrashuvida g'alaba qozonishdi.
Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan istedodli tennischimiz Yasmina Karimjonova saralash bahslari g'olibasi ispaniyalik Blanka Puig Kaballeroni 7:6(4), 6:1 hisobida engdi. Beshinchi raqam ostida tasniflangan Albina Xabibulina esa belaruslik Xanna Sokaldan 3:6, 7:5, 6:0 hisobida ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar