14 jan 10:43
Yangiliklar
Tennis

Sidney (ATR). Medvedev faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi
Avstraliyaning Sidney shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 468 910 dollardan iborat bo'lgan turnir yakunlandi.
Apia International Sydney musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Daniil Medvedev avstraliyalik 18 yoshli Aleks de Minaurga qarshi kortga chiqdi.
Saralash bahslari asosiy to'rga etib kelgan 21 yoshli Medvedev 2 soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda raqibini 1:6, 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etdi. Bu Daniilning faoliyatidagi birinchi sovrin bo'ldi.
Sidneydagi muvaffaqiyatli ishtirok rossiyalik tennischiga 83 650 dollar mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi. Medvedev ayni paytda dunyo reytingida 84-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar