09 jan 16:07
Yangiliklar
Tennis

Sidney (WTA). Kerber Uilyamsdan ustun keldi
Avstraliyaning Sidney shahrida sovrin jamg'armasi 733 900 dollardan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
Sydney International musobaqasiga NSW Tennis Centre xard qoplamali kortlari mezbonlik qilyapti. Turnirning amaldagi chempioni britaniyalik Yoxanna Konta hisoblanadi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Vinus
Uilyams dunyoning sobiq birinchi raketkasi germaniyalik Anjelik Kerberga 7:5, 3:6,
1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Rossiyalik tennischilar Elena Vesnina va
Ekaterina Makarova ham o'z ishtiroklarini yakunlashdi.
Havola :
Fikrlar