18 jan 14:34
Yangiliklar
Tennis
Simona Xalep Avstraliya Ochiq chempionatini g'alaba bilan boshladi
Mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turnirida birinchi davra o'yinlari davom etmoqda.
Jahonning 15-raketkasi ruminiyalik Simona Xalep Australian Open startida WTA reytingida 102-pog'onani egallab turgan polshalik Magdalena Freshdan 6/4, 6/3 hisobida ustun keldi. Uchrashuv 1 soatu 29 daqiqa davom etdi. O'zaro uchrashuvlardagi hisob ruminiyalik tennischi foydasiga 2:0 ko'rinishiga keldi.
Xalepning Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasidagi raqibi braziliyalik Xaddad Mayya yoki amerikalik Keti Volynec bo'ladi.
Havola :
Manba : Gotennis.ru
Fikrlar