15 mar 12:20
Yangiliklar
Tennis

Simona Xalep Indian-Uellsda yarim finalga chiqdi
Ayollar o'rtasida dunyoning birinchi raqamli tennischisi hisoblangan Simona Xalep Indian-Uellsda gi turnirda ishtirokini davom ettirmoqda.
U chorak finalda xorvatiyalik Petra Martichga qarshi o'yin o'tkazdi.
2 soat 23 daqiqa davom etgan bahsda ruminiyalik tennischi 6:4, 6:7, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Endi u final yo'llanmasi uchun yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar