05 apr 09:41
Yangiliklar
Tennis

Simona Xalep SHarapovani ortda qoldirdi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep dunyo reytingida etakchi bo'lib turish bo'yicha Mariya SHarapovani ortda qoldirdi.
Ayni paytda ruminiyalik tennischining bu boradagi ko'rsatkichi 22 haftani tashkil etadi. Rossiyalik sportchi esa umumiy hisobda 21 hafta peshqadamlikni saqlab qolgan.
Bu borada AQSHlik tennischi Serena Uilyams (319 hafta) yaqqol etakchi hisoblanadi. Undan keyingi o'rinlarni esa daniyalik Karolin Voznyacki (71 hafta) va Viktoriya Azarenko (51 hafta) lar egallab turibdi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar