03 jan 15:33
Yangiliklar
Tennis

Simona Xalep Xitoyda chorak finalga chiqdi
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Simona Xalep SHenchjendagi musobaqaning ikkinchi davrasida g'alaba qozondi.
Ruminiyalik tennischi ushbu o'yinda xitoylik Yin Yin Duanga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 37 daqiqa davom etgan o'yinda 26 yoshli Xalep 3:6, 6:1, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u yarim finalga chiqish uchun beloruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar