So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

19 iyu 12:28
Yangiliklar

SHaxmat

Sindarov rapid Jahon chempionatida Magnus Karlsenni qora donalarda mag'lub etdi

Gonkongda dunyoning eng kuchli grossmeysterlari, etakchi klublar, xalqaro jamoalar ishtirokida rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jamoaviy jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 310 ming evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada 40 dan ortiq jamoa tarkibida 300 nafardan ziyod shaxmatchi chempionlik uchun kurashyapti. Jamoaviy jahon chempionatida O'zbekiston ikkita jamoa bilan ishtirok etmoqda. Ikkinchi jamoamiz - "Sky Chess Team" tarkibida xorijlik shaxmatchilar ham bor. 

O'zbekiston jamoalari:

Uzbekistan Team

Javohir Sindarov (GM, 2718)

Nodirbek Abdusattorov (GM, 2703)

Nodirbek Yakubboev (GM, 2569)

SHamsiddin Vohidov (GM, 2527)

Muhiddin Madaminov (GM, 2500)

Afruza Hamdamova (WGM, 2358)

Umida Omonova (WGM, 2276)

Akjol Rahmatullaev (1600)

Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.


Sky Chess Team

SHant Sargsyan (GM, 2616)

Endryu Xong (GM, 2557)

Aram Hakobyan (GM, 2542)

Muhammadzohid Suyarov (IM, 2405)

Gulruhbegim Tohirjonova (IM, 2314)

Rahmonqul Sulaymonov (1786)

Asqarjon Ismoilov (1400)

Jamoa sardori — Hulkar Tohirjonova.


Bugun jamoaviy rapid jahon chempionatining ikkinchi kuni O'zbekiston terma jamoasi dunyoning eng kuchli jamoasi - Magnus Karlsen boshchiligidagi WR Chess jamoasi bilan 3:3 hisobida jangovar durang natija qayd etdi.  

Biz uchun ahamiyatlisi, birinchi doskada kechgan uchrashuvda Javohir Sindarov jahon reytingi etakchisi Magnus Karlsenga qarshi qora donalarda o'ynaganiga qaramay, afsonaviy raqibini mag'lubiyatga uchratdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing