26 okt 16:37
Yangiliklar
Tennis

Singapur. Ostapenko nihoyat g'alaba qozondi
Dunyoning ettinchi raqamli tennischisi Elena Ostapenko WTA yakuniy turnirida chexiyalik Karolina Plishkovani mag'lubiyatga uchratdi.
1 soat 6 daqiqa davom etgan o'yinda latviyalik tennischi raqibini 6:3, 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, Elena turnirdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Uning hisobida shuningdek ikkita mag'lubiyat ham bor.
Bungacha ikkita g'alabani qo'lga kiritgan Plishkova esa o'ziga yarim final yo'llanmasini naqd qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar