13 iyu 07:30
Yangiliklar
![](/upload/storage/1230_220.jpg)
Smolovning dubli “Krasnodar”ga g'alaba keltirdi, Ahmedov 77 daqiqa o'ynadi
Bosniya va Gercegovina chempionatining to'rtinchi jamoasi bo'lgan “Saraevo” klubiga qarshi kechgan o'yinda Oleg Kononov shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchishdi. Avstriyaning Zeeboden shahrida o'tgan o'yinda Fyodor Smolov dublga erishdi. Yana bir gol Vanderson hisobiga yozildi. Yagona javob to'pini 20-daqiqada Nermin Crnkich kiritdi.
Hamyurtimiz Odil Ahmedov bu uchrashuvning odatdagidek boshlang'ich tarkibda boshladi. Terma jamoamiz sardori 77-daqiqada o'z o'rnini klubdoshiga bo'shatib berdi.
Malumot uchun, Rossiya chempionatining yangi mavsum birinchi turida “Krasnodar” o'z maydonida “Tom” klubini qabul qiladi. Bu o'yin 1 avgust kuni bo'lib o'tadi.
O'rtoqlik o'yini (klublar)
“KRASNODAR” (Krasnodar, Rossiya) – “SARAEVO” (Saraevo, Bosniya va Gercegovina) – 3:1
Gollar: Smolov, 5 (1:0); Crnkich, 20 (1:1); Smolov, 30 (2:1); Vanderson, 67 (3:1).
Ogohlantirishlar: Vanderson, 68; Vorobyov, 90 – Bekich, 90+1.
Fikrlar