08 iyu 17:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq jahon chempioni Adonis Stivenson komadan so'ng ilk bor intervyu berdi
O'rtaog'ir vazn toifasida sobiq WBC kamari sohibi Adonis Stivenson etti oylik tanaffusdan so'ng jurnalistlarga intervyu berdi.
«Men qaytdim. Adonis qaytdi. Barchasi uchun Yaratgandan minnatdorman. Men uyga qaytganimdan so'ng, bolalarimni esladim, ularni tanishga erishdim. Men yurishni o'rganmoqdaman, yana hali ko'p narsalarni o'rganishim kerak. Hayotimdagi eng qiyin davrni o'tkazdim, lekin barchasi ortda qoldi. Kelajakdagi rejalarim? Men yana boksga qaytishga tayyorman», - dedi Stivenson.
Eslatib o'tamiz, Adonis Stivenson o'tgan yilning 1 dekabrida Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga ko'tarilib, nokautga uchragandi. SHundan so'ng Adonis uch hafta koma holatida yotdi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar