18 iyu 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq jahon chempioni Beterbiev - Bivol jangi haqida gapirdi
Sobiq WBC chempioni Grigoriy Drozdning fikricha, Artur Beterbiev navbatdagi jangini katta ehtimol bilan Dmitriy Bivolga qarshi o'tkazadi.
"Agar Beterbiev Smitni mag'lub etsa, biz mutlaq chempionlik jangini ko'rishimiz mumkin. Ushbu superto'qnashuvda ishtirok etishni xohlayman. Menimcha, Bivol Ramires yoki boshqa jangchi bilan muzokara olib borayotganga o'xshaydi. Ammo, shunga qaramay barchasi mutlaq chempionlik jangiga olib boradi", - dedi Drozd.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev - Jo Smit jangi 19 iyun kuni WBO, WBC va IBF kamarlari uchun bo'lib o'tadi.
Avvalroq chempionlikka majburiy davogar Gilbert Ramires sentyabrda WVA chempioni Dmitriy Bivolga qarshi jang o'tkazish uchun muzokara olib borayotganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar