06 fev 08:26
Yangiliklar
Tennis

Sofia Open. Bugun Istomin 16 yoshli tennischiga qarshi kortga chiqadi
Bolgariyaning Sofiya shahrida tennis bo'yicha Sofia Open turnirining asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 501 345 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etadi. Bugun Istomin birinchi davra uchrashuvida bolgariyalik Adrian Andreevga qarshi kortga chiqadi.
Bu yil may oyida 17 yoshga to'ladigan Andreev ATP
reytingida qayd etilmagan. Unga turnir tashkilotchilari imtiyozli yo'llanma berishgan.
Istomin esa musobaqaga dunyoning 75-raketkasi sifatida ko'rsatilgan. Istomin - Andreev bahsi
Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar