08 fev 08:41
Yangiliklar

Sofia Open. Bugun Istomin Troickiga qarshi kortga chiqadi
Sovrin jamg'armasi 501 345 evroni tashkil qiluvchi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Denis Istomin bugun ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi. Uning raqibi Viktor Troicki bo'ladi. Serbiyalik tennischi turnirda oltinchi raqam ostida harakat qilyapti.
Istomin birinchi davrada bolgariyalik 16 yoshli Adrian
Andreevni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Troicki esa latviyalik Ernest
Gulbisdan uch set natijasiga ko'ra ustun kelgan edi. Istomin - Troicki uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat
16:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, serbiyalik bu tennischi dunyo reytingida 67, Istomin esa 74-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro ikki marotaba to'qnash kelishgan. Uchrashuvlarning birida Istomin, ikkinchisida Troicki g'alabaga erishgan.
Fikrlar