07 fev 09:57
Yangiliklar
Tennis

Sofia Open. Istominning ikkinchi davradagi raqibi malum
Bolgariyaning Sofiya shahrida tennis bo'yicha Sofia Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 501 345 evroni tashkil qiluvchi musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Denis Istomin birinchi davrada bolgariyalik 16 yoshli Adrian Andreevni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etgandi. Endi Denis ikkinchi bosqichda Viktor Troickiga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, serbiyalik bu tennischi dunyo reytingida
67, Istomin esa 74-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro ikki
marotaba to'qnash kelishgan. Uchrashuvlarning birida Istomin, ikkinchisida Troicki
g'alabaga erishgan. Uchinchi to'qnashuv ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar