21 sen 18:45
Yangiliklar
Tennis
Sofiya Kenin Guanchjouda tengsiz!
Sayyoramizning 20-raqamli tennischisi Sofiya Kenin Guanchjouda bo'lib o'tgan WTA musobaqasida zafar quchdi.
Amerikalik tennis malikasi finalda avstraliyalik Samanta Stosurni uch setlik bahsda 6:7, 6:4, 6:2 hisobida taslim etdi.
Uchrashuv 2 soatu 33 daqiqa davom etgan. Kenin “Guangzhou Open”dagi muvaffaqiyatli ishtirok evaziga 280 reyting ochkosi hamda 111 164 dollar pul mukofotiga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar