24 iyu 08:31
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/73106_220.jpg)
Sofiya Kenin Mallorca Open chempioni bo'ldi
Ispaniyaning Malorka shahrida o'tkazilgan tennis turniri Sofiya Keninning g'alabasi bilan yakunlandi.
Amerikalik tennischi final uchrashuvida shveycariyalik Belinda Benchichni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Dunyoning 30-raketkasi bo'lib turgan Kenin irodali g'alabaga erishdi.
U 2 soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 13-raketkasini 6/7(2), 7/6(5), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 20 yoshli Kenin Mallorca Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab 34 677 evro mukofot puli hamda 280 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar