12 iyu 18:20
Yangiliklar
Sohil sambosi bo'yicha Jahon chempionati sanasi va reglamentlari malum bo'ldi
Bahslar 28-29 avgust kunlari Kiprning Larnaka shahrida tashkil etiladi. Musobaqa 2020 yilda o'tkazilishi lozim edi. Ammo koronavirus bilan bog'liq yuzaga kelgan vaziyat sabab chempionat qoldirilgandi. Bu yilgi bahslarda antikovid qoidalariga alohida rioya qilinadi.
Bahslar yakkalik va jamoaviy tarzda o'tkaziladi. Birinchi kunda yakkalik bellashuvlari o'tkaziladi. Erkaklar o'rtasida 4 ta, ayollar o'rtasida ham 4 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boriladi.
Erkaklar: 58 kg, 71 kg, 88 kg, +88 kg.
Ayollar: 50 kg, 59 kg, 72 kg, +72 kg.
Ikkinchi kuni esa jamoaviy musobaqalar o'tkazilishi kutilmoqda. Aralash jamoalarda erkaklar (71 kg, 88 kg, +88 kg) va ayollar (72 kg, +72 kg) bahslarga kirishadi.
Fikrlar