06 noy 08:49
Yangiliklar
Tennis

Sok - mavsumning so'nggi “Masters” turniri g'olibi!
Franciyaning Parij shahrida yilning so'nggi “Masters” seriyasiga kiruvchi turniri amerikalik tennischining g'alabasi bilan yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 4,3 million evroni tashkil qiluvchi ATP Masters 1000 turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida amerikalik Jek Sok saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan serbiyalik Filip Krainovichga qarshi kortga chiqdi.
Ikki daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda dunyoning
22-raketkasi bo'lgan Sok 5:7, 6:4, 6:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyatli
ishtirok Jekka 853,430 evro mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosini taqdim
etdi. Bu uning faoliyatidagi to'rtinchi, joriy yil hisobidan uchinchi sovrini bo'ldi.
Havola :
Fikrlar