14 jan 17:30
Yangiliklar
Tennis

Sok - Oklend turniri g'olibi!
Amerikalik Jek Sok Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilgan xard qoplamali turnir g'olibiga aylandi.
Dunyoning 23-raketkasi hal qiluvchi final bahsida portugaliyalik Juan Souzaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 56 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Sok raqibini 6:3, 5:7, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
ASB Classic turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Sokka 80,250 AQSH dollari miqdorida mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Final
Jek Sok (AQSH, 3) – Juan Souza (Portugaliya) – 6:3, 5:7, 6:3
Havola :
Fikrlar