30 iyu 08:03
Yangiliklar
Tennis
Sonego Antaliya turnirida bosh sovrin sohibiga aylandi
Dunyo reytingida 75-pog'onadan joy olib turgan Lorenco Sonego Turkiyaning Antaliya shahrida yakunlangan turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Italiyalik tennischi Turkish Airlines Open Antalya turnirining final uchrashuvida reytingning 82-pog'onasini band etgan serbiyalik Miomir Kechmanovichga qarshi kortga chiqdi. Sonego 2 soatu 46 daqiqa davom etgan bahs yakunida raqibidan ustun keldi - 6/7(5), 7/6(1), 6/1.
Lorencoga 25 ta eys zarbasi ham g'alaba qozonishiga yordam berdi. Bu tennischilarning ilk uchrashuvi edi. Italiyalik tennischi faoliyatidagi ilk titulni qo'lga kiritdi. Antaliyadagi muvaffaqiyatli ishtirok Sonegoga 76 840 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar