07 may 10:09
Yangiliklar
Tennis

Sousa sovrinni Eshtorilda olib qoldi
Portugaliyaning Eshtoril shahrida tennis bo'yicha ATP turniri yakunlandi.
Estoril Open musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuvida portugaliyalik Joao Sousa g'alaba qozonib, bosh mukofotni Vatanida olib qolishga muvaffaq bo'ldi. U 1 soatu 19 daqiqa davom etgan bahsda amerikalik Frensis Tiafoni 6:4, 6:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Sousa dunyo reytingida 68, 20 yoshli Tiafo esa 64-o'rinni egallab turibdi. Eshtorildagi muvaffaqiyatli ishtirok 29 yoshli Joaoga 89,435 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini taqdim etdi.
Havola :
Fikrlar