So’nggi yangiliklar

13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0

14 avg 18:00
Yangiliklar

Boshqalar

​So'xlik yoshlarga Prezident sovg'asi – sport inventarlari etkazib berildi

Teglar :  So'x
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish to'g'risida”gi qarorining ijrosi bo'yicha hududda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda So'x tumanida 80 mingdan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo'lib, ularning 20 ming nafarga yaqinini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. Ammo, shu paytga qadar bu tumandan terma jamoa darajasidagi bironta ham sportchi etishib chiqmagan. Buning asosiy sababi, hududni sport infratuzilmasi qoniqarli emasligi hamda  inventarlar bilan etarli darajada taminlanmaganligi edi.

SHu kunlarda So'x tumanida jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojini yangi bosqichga olib chiqish, aholi orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni tarbiyalab, milliy terma jamoalar darajasigacha olib chiqish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

SHu maqsadda So'x tumani yoshlari uchun yangi sport inshootlarini barpo etish, mavjudlarini rekonstrukciya qilish hamda ularni etarli darajada sport jihozlari va inventarlari bilan taminlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, So'x tumanida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish bo'yicha maqsadli reja ishlab chiqilgan bo'lib, uning doirasida tumandagi sport inshootlari uchun jami 30 turdan ortiq umumiy qiymati esa 600 million so'mlik Prezident sovg'asi – sport jihozlari va inventarlari etkazib berildi.

Takidlash kerak, tuman yoshlari uchun ko'p yillardan beri jismoniy tarbiya va sport jihozlari etkazib berilmayotgan edi. Natijada, mahalliy yoshlar sport borasida o'z iqtidori va istedodini namoyon etishda muammolarga ham duch kelishayotgan edi. Negaki, sport jihozi etishmagach, sportchining mahorati o'smaydi, ko'rsatkichlari ham pasayib ketadi. Umid qilamizki, davlat darajasidagi bu kabi etibor sportchi yoshlarning yanada faol bo'lishiga va yaqin davr ichida ular orasidan nafaqat O'zbekiston, balki Osiyo va jahon chempionlari ham etishib chiqishiga xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing